22   2

Erondagi namoyishlar vaqtida qurbon bo'lganlar soni ortmoqda


  • Дата: 01-01-2018
  • Просмотры: 22

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar vaqtida halok bo'lganlar soni ortmoqda.

Mahalliy televideniye xabarida aytilishicha, shu kungacha politsiya bilan to'qnashuvlar oqibatida 10 kishi halok bo'lgan.

28 dekabrda Eron shaharlaridan birida tuxum narxining keskin oshishiga qarshi boshlangan noroziliklar 29 dekabrda butun mamlakatga yoyilib, siyosiy tus oldi va 4 kundirki ommaviy namoyishlar davom etmoqda.

Jumladan, Risht, Sheroz, Isfahon, Kirmonshoh va Hamadon shaharlarida ko'plab odamlar ko'chalarga chiqqan.

Dastlabki kunlarda Do'rud shahridagi namoyishlar vaqtida ikki kishi halok bo'lgandi. Hukumat esa bu kishilarning o'limida huquq-tartibot organlari emas, «xorijlik josuslar» aybdorligini ma`lum qildi.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, Eron janubi-g'arbidagi Ise shahrida ikki namoyishchi halok bo'lgan.

«Ise shahri xalqi ham iqtisodiy muammolar tufayli namoyishga chiqqan va afsuski, bu namoyishlar ikki kishining o'limiga hamda bir necha kishining jarohatlanishiga olib kelgan», deya ma`lum qildi viloyatning parlamentdagi vakili Hidoyatulloh Hademiy.

«Men kecha kim o'q uzgani - namoyishchilarmi yoki huquq-tartibot organlarimi, aniq bilmayman», deya qo'shimcha qilgan u.


Все комментарии (0)

Информация!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации...