23   2

Avstraliyada bir oila aviahalokat qurboni bo'ldi


  • Дата: 01-01-2018
  • Просмотры: 23

Buyuk Britaniyaning Compass Group keytering kompaniyasi ijrochi direktori Richard Kazins va uning yaqinlari Avstraliyada ro'y bergan aviahalokat qurbonlari bo'lishdi.

Avvalroq, bir motorli DHC-2 Beaver samolyoti Hoksberi daryosiga qulagani haqida xaarlar paydo bo'lgan edi. Halokat oqibatida uning bortidagi 5 yo'lovchi va uchuvchi tirik qolmagan.

"Richard Kazins va uning 4 nafar yaqin qarindoshi 201 yil 31 dekabr kuni Avstraliyada samolyotning halokatga uchrashi oqibatida hayotdan ko'z yumganlarini chuqur qayg'u bilan tasdiqlaymiz", — deyiladi kompaniya bayonotida.

Compass Group — Jahondagi korporativ ovqatlanish sohasidagi eng yirik kompaniya hisoblanadi. U dunyoning 50 mamlakatida faoliyat yuritib, idoralar va zavodlar, maktablar va universitetlar, shifoxonalar, qamoqxonalar, sport inshootlari va neft platformalariga taom yetkazish bilan shug'ullanadi. Kompaniya yiliga 4 mlrdga yaqin kishiga xizmat ko'rsatadi.


Все комментарии (0)

Информация!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации...