67   2

Yevropa Ligasi qur`asi savatchalari ma`lum bo'ldi


  • : 08-12-2017
  • : 67

11 dekabr kuni Yevropa Ligasining pley-off bahslariga qur`a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Unda jamoalar 2ta savatchaga ajratiladi. Birinchi savatchadan Yevropa Ligasi guruhi g'oliblari va Chempionlar Ligasi guruhida uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi to'rtta klub joy oladi.

Yevropa ligasi guruh bosqichini 2-o'rin bilan tugatgan va Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallagan eng yomon ko'rsatkichdagi 4 jamoa ikkinchi savatchadan joy oldi.

Savatchalar tarkibi quyidagicha:

Birinchi savatcha: TsSKA, RB Leyptsig, Atletiko Madrid, Sporting, Vilyarreal, Dinamo (Kiyev), Braga, Lokomotiv, Viktoriya (Plzen), Arsenal, RB Zaltsburg, Atletik, Zenit, Milan, Atalanta, Latsio.

Ikkinchi savatcha: Napoli, Spartak, Seltik, Borussiya Dortmund, Astana, Partizan, Ludogorets, AYeK, Lion, Kopenhagen, Styaua, Tsrvena Zvezda, Marsel, Estersund, Nitstsa, Real Sosedad.

1/16 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari 15 fevral kuni o'tkazilsa, javob uchrashuvlari 22 fevral kuniga mo'ljallangan.


ummon - Tamom
ETIROF қ
ҳҳ қ
ҳ ғ қ
(0)

!
, , ...